Узбек O'zbek
Villian: «Jamoada 6 yil ichida 5ta murabbiy ishladi. Lempardga ko‘proq vaqt berish kerak»
Dushanba, 16 Sentabr
1382

«Chelsi» yarimhimoyachisi Villian shartnomasi va jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard haqida gapirdi.

«Lempard «Chelsi» va Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri edi. Muxlislar uni yxshi ko‘rishadi va u klubni juda yaxshi biladi. 

Menimcha, unga ko‘proq vaqt berish kerak. Men «Chelsi»da 6 yildan beri o‘ynayman, shu vaqt ichida klubda 5ta murabbiy ishladi. Xuddi «Liverpul» va «Manchester Siti»dagi kabi murabbiyga 3-4 yil vaqt berish kerak. 

O‘zim shu yerda qolishni istayman. Shartnoma tugashiga atigi 1 yil qolganini bilaman, ammo «Chelsi»da o‘ynayotganimni yaxshi his qilyapman. Men barchani yaxshi ko‘raman: muxlislar, klubda ishlaydigan xodimlar.

Ehtimol, shartnomani mavsum oxirida uzaytirarmiz. Hozir bu haqda o‘ylaydigan vaqt emas. Men shunchaki o‘z o‘yinimni ko‘rsatishni va jamoaga yordam berishni istayman», – deb Villianning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz