Узбек O'zbek
«Real» yoki «Barselona» mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazsa, Kloppni olib kelishga urinib ko‘radi
Dushanba, 16 Sentabr
4789

«Real» va «Barselona» «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS.

Manbaning xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassisga ispan grandlarining bosh murabbiylari – Zinedin Zidan va Ernesto Valverde o‘rnini bosa oladigan asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Ispan jamoalari mavsumni juda yaxshi boshlamaganlikalri sababli nemis murabbiyini taklif qilish imkoniyatlarini o‘rganishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-turdan so‘ng «Real» 8 ochko, «Barselona» 7 ochko to‘pladi.

Yurgen Klopp «Liverpul»ni 2015 yil oktyabridan beri boshqarib kelmoqda. U jamoa bilan Chempionlar Liagasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. Uning Mersisayd klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz