Узбек O'zbek
«Monako» bir yil ichida uchinchi marta bosh murabbiyni o‘zgartirishi mumkin
Dushanba, 16 Sentabr
2006

«Monako» bosh murabbiyi Leonardu Jardim bir oydan so‘ng iste’foga chiqarilishi mumkin.

Get French Football News xabariga ko‘ra, knyazlik klubi rahbariyati oktyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida portugaliyalik mutaxassisning jamoadagi kelajagi masalasini ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, jamoa Fransiya chempionatining yangi mavsumida hamon g‘alabasiz bormoqda. Jardim shogirdlari beshta turda uchta mag‘lubiyat va ikkita durang bilan hozir 19-o‘rinni egallab turishibdi.

«Monako» Leonarduni o‘tgan yilning oktyabrida ham bosh murabbiylikdan bo‘shatgan, ammo oradan uch oy o‘tib u lavozimga qaytarilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz