Узбек O'zbek
Maradonaning debyuti omadsiz chiqdi
Dushanba, 16 Sentabr
4408

Argentina chempionatining 6-turida «Ximnasiya» klubi o‘z uyida «Rasing»ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

«Ximnasiya» klubi bosh murabbiyligini sentyabr oyi boshlarida Diyego Maradona egallagandi. Shunday qilib Maradonaning ushbu klubdagi debyuti mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli mutaxassis Argentina klubi bilan masum so‘nggigacha shartnoma imzolagan.

6-turdan so‘ng «Ximnasiya» klubi 1 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz