Узбек O'zbek
Mane: «Saloh bilan yarashib oldik»
Dushanba, 16 Sentabr
6238

«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane jamoadoshi Muhammad Saloh bilan yarashib olganini aytdi.

«Saloh bilan bo‘lgan mojaro? Bu futbolda uchrab turadigan voqealar. Ba’zan xatolarni jamoadoshingni yuziga aytishga to‘g‘ri keladi. Ammo biz yarashib oldik va xuddi avvalgidek yaxshi do‘stga aylandik», — deb Mane so‘zlarini keltirmoqda Canal+.

Eslatib o‘tamiz, APL 3-turidan o‘rin olgan «Byornli» - «Liverpul» (0:3) o‘yinida Saloh qulay vaziyatda turgan Manega to‘pni oshirmagan edi. Shundan so‘ng senegallik futbolchi jamoadoshiga ehtirosli tarzda e’tiroz bildirgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz