Узбек O'zbek
Lukakuga irqchilik qilgan jurnalist ishdan chetlatildi
Dushanba, 16 Sentabr
3042

Italiyalik jurnalist Luchano Passirani jonli efirda «Inter» hujumchisi Romelu Lukakuni irqiy kamsitgani tufayli ishdan chetlatildi. 

TopCalcio24 telekanalidagi ko‘rsatuvda jurnalist hujumchiga nisbatan irqiy kamsituvchi so‘zlarni aytgan edi.

«Agar o‘yin paytida u siz bilan yuzma-yuz chiqsa, jonsiz yiqilasiz. Agar uni to‘ydirish uchun 10ta bananingiz bo‘lsa, qutulib qolishingiz mumkin», - dedi Passirani.

Bu gaplardan so‘ng telekanal direktori barchadan uzr so‘radi va bu jurnalist efirga boshqa qo‘yilmasligiga va’da berdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz