Узбек O'zbek
Kasilyas: «Har bir amplua bo‘yicha alohida «Oltin to‘p» bo‘lishi kerak»
Dushanba, 16 Sentabr
1781

«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas «Oltin to‘p» mukofoti bo‘yicha o‘z taklifini ilgari surdi.

«Menimcha, van Deyk o‘tgan mavsumda eng yaxshi himoyachi bo‘lgan edi. «Oltin» to‘p» – murakkab mavzu. Bu mukofotga kim ko‘proq munosib?

Har bir amplua – darvozabon, himoyachi, yarimhimoyachi va hujumchi uchun alohida mukofot ta’sis etish kerak», – deya fikr bildirdi Kasilyas Twitter-sahifasida.

Iker, shuningdek, bahordagi infarktdan keyin sekin-asta sog‘ayayotgani ham aytib o‘tgan.

«Reabilitatsiya jarayonining yangi bosqichi boshlandi. Endi yuragim ko‘proq ish bajarishiga to‘g‘ri keladi. Sekin-asta tuzalyapman, hech qayerga shoshmayapman», deydi u.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz