Узбек O'zbek
Ibrahimovich navbatdagi het-trigi bilan «Los-Anjeles Gelaksi» rekordchisiga aylandi
Dushanba, 16 Sentabr
4653

«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich MLS doirasidagi «Sporting Kanzas Siti»ga qarshi o‘yinda (7:2) het-trik muallifi bo‘ldi.

Bu – 37 yoshli shvedning chempionat ushbu mavsumidagi ikkinchi het-trigi bo‘ldi. Uning hisobida, shuningdek, 6ta dubl ham bor.

MLS`ning 2019 yilgi mavsumida Ibrahimovich 25ta o‘yinda 26ta gol urib, «Los-Anjeles Gelaksi»ning rekordchisiga aylandi. Klubning bundan oldingi rekordi 2002 yilda 24ta to‘p kiritgan Karlos Ruisga tegishli edi.

Ayni paytda Zlatan chempionat to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda boryapti. Peshqadam – «Los Anjeles» yarimhimoyachisi Karlos Velaning hisobida 27ta o‘yinda urilgan 28ta gol bor.

«Los-Anjeles Gelaksi» bundan avval to‘rtta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmay kelayotgan, ikkitadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan edi. Jamoa g‘arbiy mintaqada 5-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz