Узбек O'zbek
«Arsenal» bir ko‘rsatkich bo‘yicha APLda «yetakchilik» qilmoqda
Dushanba, 16 Sentabr
5319

«Uotford» yarimhimoyachisi Tom Kleverli Angliya Premer-ligasining 5-tur o‘yinida «Arsenal» himoyachisi Sokratis Papastatopulosning xatosidan foydalanib, «to‘pchilar» darvozasini ishg‘ol qildi.

Shunday qilib, 2018/2019 yilgi mavsumdan boshlab, «Arsenal»ning to‘p o‘tkazib yuborishiga olib kelingan xatolar soni 14taga yetdi. Opta Sports'ning yozishicha, bu APLdagi barcha jamoalar orasidagi eng yomon ko‘rsatkichdir. 

Ma’lumot uchun, «Arsenal»ni 2018 yil yozidan beri Unai Emeri boshqarib kelmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz