Узбек O'zbek
Video: Xitoyda o‘yinning so‘nggi daqiqasida rabona usulidagi g‘alaba goli urildi
Yakshanba, 15 Sentabr
5977

Xitoyning «Guanchjou Fuli» klubi hujumchisi Eran Zaxavi «Tyanszin Syuanszyan»ga qarshi kechgan o‘yinda g‘aroyib gol urdi (2:1). O‘yinning 90-daqiqasida isroillik futbolchi to‘pni raqib jarima maydoni ichida qabul qilib oldi va turgan joyida aylanib rabona uslubida to‘pga aniq zarba berdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Zaxavi – Isroil terma jamoasi hujumchisi bo‘lib, Yevro-2020 saralashida u 9 gol urgan holda to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Ushbu forvard 2016 yildan buyon «Guanchjou Fuli» safida to‘p surib kelmoqda, u 2017 yilda Xitoy Superligasining eng samarali futbolchisi (MVP - Most Valuable Player) sifatida taqdirlangan. Zaxavi turli yillarda «Makkabi» (Tel-Aviv), «Palermo», «Xapoel» (Tel-Aviv) va «Xapoel» (Ramat-xa-Sharon) klublari safida ham o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz