Узбек O'zbek
Pochettino: «Bekhem hozirgi «Tottenhem»da o‘ynashni istashini aytdi»
Yakshanba, 15 Sentabr
2708

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning yangi stadioni, «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan g‘alaba (4:0) va o‘yinga tashrif buyurgan Devid Bekhem bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirdi.

«Bu boshlanishi. Yangi arenada hali ko‘p o‘yin o‘tkazmadik. Menimcha,bu – chiroyli stadion. Biz uchun stadionimizni o‘z uyimizga aylantirish, o‘zimizni qulay his etish juda muhimdir. U «Uayt Xart Leyn»dan tubdan farq qiladi. Vaqt o‘tishi bilan bu yerni o‘z uyimiz sifatida qabul qilamiz va o‘shanda raqiblarimizga bizni mag‘lub etish juda qiyin bo‘ladi. 

Men Devid Bekhem bilan gaplashdim, u hozir ham futbol o‘ynashni istashini,shu jumladan, hozirgi «Tottenhem»da bajonidil to‘p tepishni xohlashini aytdi», – deb Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Goal.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz