Узбек O'zbek
La Liga. «Barselona» «Valensiya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Suaresda dubl
Yakshanba, 15 Sentabr
2126

La Liganing 4-turida «Barselona» o‘z uyida "Valensiya»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar tarkibida 16 yoshli Ansu Fati ketma-ket ikkinchi o‘yinda to‘p kiritdi, Frenki de Yong debyut golini urdi, Luis Suares esa zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barsa» ochkolari sonini 7taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Valensiya» esa 4 ochko bilan 14-o‘ringa tushib ketdi.

La Liga, 4-tur

Barselona – Valensiya 5:2

Gollar: Fati (2), de Yong (7), Pike (52), Suares (61, 82) – Gameyro (27), Maksi Gomes (90+3).
Barselona: ter Shtegen, Pike, Semedu, Langle, Alba, Buskets, Artur (Vidal, 73), Fati (Suares, 60), de Yong (Rakitich, 70), Peres, Grizmann.
Valensiya: Sillessen, Gayya, Paulista, Garay, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres (Li Kan In, 67), Gedesh (Cherishev, 67), Rodrigo (Maksi Gomes, 72), Gameyro.
Ogohlantirishlar: Rodrigo (31), Alba (53), Li Kan In (69), Maksi Gomes (78), Cherishev (84).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz