Узбек O'zbek
Ansu Fati La Liga tarixiga kirdi
Yakshanba, 15 Sentabr
4883

«Barselona»ning 16 yoshli hujumchisi Ansu Fati Ispaniya chempionatining 4-turida «Valensiya»ga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va bir gol urib yana bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. U Primera tarixida bir o‘yinda gol+pas amalga oshirgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Fatu o‘tgan turda «Valyadolid»ga qarshi o‘yinda ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ygandi.

Ansu Fati bungacha «Barselona»ning XXI asrda tug‘ilgan va chempionat o‘yinida maydonga tushgan ilk futbolchisi bo‘lgandi. U shuningdek, katalonlar klubi tarixiga rasmiy o‘yinda maydonga tushgan eng yosh ikkinchi futbolchi sifatida kirgan. Bu borada rekord Visente Martinesga tegishdi. U 1941/42 yilgi mavsumda debyut qilganida 16 yoshu 278 kunlik bo‘lgan.

«Barselona» «Valensiya»ni 5:2 hisobida yengdi va ochkolari sonini 7taga yetkazib, chempionat turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi turda kataloniyaliklar klubi Madridda «Granada» mehmoni bo‘lishadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz