Узбек O'zbek
Manjukich Qatar chempionatiga yo‘l olmoqda
Shanba, 14 Sentabr
3569

«Yuventus» hujumchisi Mario Manjukich Qatar klublaridan biriga o‘tishga yaqin.

Buni turinliklar direktori Fabio Paratichi tasdiqladi.

«Mario ko‘p yillar davomida biz uchun muhim futbolchi bo‘ldi, o‘zini har xil darajada namoyon etdi.

Biz Qatardan taklif oldik. Shundan so‘ng futbolchi, uning agenti va murabbiy bilan maslahatlashib, Maanjukichni «Fiorentina»ga qarshi o‘yinga olib ketmaslikka qaror qildik», – dedi Paratichi.

Avvalroq, 33 yoshli futbolchi xizmatiga «Al-G‘arafa» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz