Узбек O'zbek
Muhsin Muhammadiyev: «Ayb menda shekilli, yigitlarga tushuntirolmadim»
Juma, 13 Sentabr
1977

«Buxoro» bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev Superliga 19-turidan o‘rin olgan «Surxon»ga (0:2) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida mag‘lubiyatdan ranjiganini yashirmadi.

«Surxon»ning g‘alabasi g‘alati bo‘ldi, to‘liq ustunlik biz tomonda edi. Bu hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmayapti. Katta tashabbusga ega bo‘lib gol urolmadik va yutqazdik. 

«Buxoro»ning imkoniyatlari qanday? Imkoniyat hali bor, safardagi o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. 

Bu o‘yinni 200 foizga yutishimiz kerak edi. So‘nggi daqiqalarda gol urish uchun oldinga o‘tib ketdik. Xuddi Andijondagi o‘yinga o‘xshash bo‘ldi. 

Jamoaga nima yetishmadi? - Gol. Agar ikkinchi bo‘limda darvozani ishg‘ol qilsak, yutib ketardik. Demak ayb menda shekilli, yigitlarga tushuntira olmadim. Endi hammasini tahlil qilamiz. Chempionat yakuniga qadar 7ta o‘yin qoldi. G‘alaba qozonishga harakat qilamiz, boshqa yo‘l yo‘q», - deb Muhammadiyev so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz