Узбек O'zbek
Eto'O faoliyatini tugatganida birinchi bo‘lib unga kim yozganligini aytdi
Juma, 13 Sentabr
15346

2019 yil sentyabr oyida faoliyatini tugatgan kamerunlik hujumchi Samuel Eto'O «Inter»da birga ishlagan Joze Mourinoga shaxsiy munosabati haqida fikr bildirdi.

«Rostini aytsam, Joze Mourino shaxs sifatida juda yaxshi. U futbol olamidagi eng yaxshilardan biri, deb aytishdan charchamayman. U – ajoyib inson. Faoliyatimni tugatganimda birinchi bo‘lib yozgan ham Mourino bo‘ldi», – deb Eto'Oning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport. 

38 yoshli hujumchi faoliyati davomida «Real», «Malorka», «Barselona», «Inter», «Anji», «Chelsi», «Everton», «Sampdoriya», «Antalyaspor» va «Konyaspor», «Qatar SK» jamoalarida o‘ynagan.

Eto'O uch marotaba Chempionlar Ligasini, uch bor La Liga g‘olibligini va bir marta Italiya A Seriyasini yutgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz