Узбек O'zbek
Venger «MYU»ning yosh o‘yinchilari haqida fikr bildirdi
Payshanba, 12 Sentabr
5244

«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Manchester Yunyted»ning yosh o‘yinchilari haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Ehtimol, yosh futbolchilar «Manchester Yunayted» kabi jamoani olg‘a boshlash darajasida emasdirlar.

Ularning o‘yini katta savol ostida. Jamoaning salohiyati borligi sezilmoqda, ammo ular hali tayyor emaslar. Shuning uchun, men «MYU»ni chempionlikka da’vogar deb hisoblamayman.

Yosh futbolchilar Giggz, Skoulz va Bekhemning yillar davomida qilgan ishlarini takrorlay olishadimi? Shaxsan mening ishonchim komil emas», –deb Vengerning so‘zlarini keltiradi Bein Sports.

Ma’lumot uchun, «MYU» bu mavsumda 4-turdan so‘ng 5 ochko to‘plab, turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz