Узбек O'zbek
«MYU» sobiq futbolchisiga murabbiylik litsenziyasini olishda yordam beradi
Payshanba, 12 Sentabr
2840

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Patris Evra ingliz klubiga qaytdi. U 18 yoshgacha bo‘lgan jamoa murabbiyi Nil Rayanga yosh futbolchilar bilan ishlashda yordam beradi. «MYU» o‘z navbatida Evraga murabbiylik litsenziyasini olishga yordam beradi.

«Men hozir nimalar his qilayotganimni tasvirlay olmayman. Murabbiylik libosini kiyish meni sayyoradagi eng baxtli odamlardan biriga aylantirdi. «Manchester Yunayted»ga murabbiylik litsenziyasini olishdagi yordami uchun rahmat aytaman», – deb yozadi Evra o‘zining «Instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Evra shu yilning iyul oyida futbolchilik faoliyatini tugatganini e’lon qilgandi. U faoliyati davomida «Yuventus», «Nitssa», «Monako», «Marsel» va «Manchester Yunayted» jamoalarida o‘ynagan. U mankunianliklar bilan 5 marta Angliya chempionligi va 1 marta Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz