«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichga o‘ng oyoq muskullari jarohati tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda madridliklar klubi rasmiy saytida xabar berildi.
Xorvatiyalik futbolchining tiklanishiga qancha vaqt talab etilishi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
34 yoshli futbolchi Yevro-2020 saralashi doirasida Xorvatiya terma jamoasining Slovakiya va Ozarboyjon terma jamoalariga qarshi o‘yinlarida maydonga tushdi.