Узбек O'zbek
Messi: «Biz hech qachon klubdan Neymar bilan shartnoma imzolashni so‘ramaganmiz»
Payshanba, 12 Sentabr
5545

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoaga qaytmoqchi bo‘lgan «PSJ» hujumchisi Neymarning transferi haqida fikr bildirdi.

«Neymar qaytsa, xursand bo‘lardim. «Barselona» uni qaytarish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qildimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Ammo «PSJ» bilan muzokaralar o‘tkazish juda qiyin.

Neymar – dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U bilan har qanday klub o‘z qiyofasi va homiylari borasida oldinga qadam tashlaydi. 

Biz hech qachon klubdan Neymar bilan shartnoma imzolashni so‘ramaganmiz, faqat bu borada o‘z fikrimizni bildirganmiz», – deb Messining so‘zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumot uchun, Neymar «Barselona» safida 2013 yildan 2017 yilgacha o‘ynagan. So‘ng «PSJ»ga o‘tgan. 27 yoshli futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz