Узбек O'zbek
Messi «Barselona»ning muvaffaqiyatsiz startiga izoh berdi
Payshanba, 12 Sentabr
7712

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi mavsum starti jamoasi uchun murakkab kechayotgani haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men mavsum boshidagi natijalardan tashvishda emasman. Mavsum starti muvaffaqiyatsiz chiqqanining bir necha omillari bor. Birinchidan, bizda juda ko‘p jarohatlar bo‘ldi. Biz «Atletik» bilan juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik, holbuki Bilbaoda o‘ynash hamisha qiyin bo‘lgan. Biz o‘yinning oxirgi daqiqalarida gol o‘tkazib yubordik, ammo butun o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘lgandik. Biz mag‘lubiyatga munosib emasdik. Jamoamiz «Betis»ga qarshi o‘yinda ham juda yorqin harakat qildi. Ayniqsa ikkinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. Ammo «Osasuna» bilan o‘yinda yana qoqildik.

Meni hozirgi vaziyatimiz xavotirga solmayapti. Barcha mavsumni bunday boshlamaslik kerakligini yaxshi tushunib turibdi. Endi, terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan keyin biz o‘zimizni qo‘lga olib, g‘alabali yo‘lga qaytishimiz kerak», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.

Messi avgust oyi boshida mashg‘ulot vaqtida boldir muskullaridan olgan jarohati tufayli yangi mavsumda «Barselona» safida maydonga tushmadi, kataloniyaliklarning yana ikki hujumchisi - Luis Suares va Usmon Dembele ham jarohat tufayli safdan chiqqan, asosiy yetakchisisiz o‘ynayotgan jamoa 3 turda bir g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan holda chempionat turnir jadvalida 4 ochko bilan 8-o‘rinda joylashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz