Узбек O'zbek
Messi: «Barselona» — mening uyim va men ketishni istamayman
Payshanba, 12 Sentabr
2464

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar klubini tark etishni istamasligi haqida ma’lum qildi.

«Barselona» — mening uyim. Men ketishni istamayman, lekin g‘olib bo‘lishni xohlayman», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Bundan avvalroq OAVda ushbu forvard katalonlar klubi bilan 2021 yilda amaldagi shartnomasi yakunlanganidan keyin MLS chempionatiga yo‘l olish ehtimollarini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Xususan, «Inter Mayami» klubi xo‘jayini Devid Bekhem Messining menejerlari bilan bog‘lanib, 32 yoshli argentinalikning Amerika chempionatiga kelish ehtimoli qay darajada ekanini o‘rgangani haqida xabarlar berildi.

Messi 10 karra Ispaniya chempioni hisoblanadi, u Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, bir necha marta Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan, 11 marta Argentinaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. UEFA tomonidan so‘nggi 20 yildagi Chempionlar ligasining eng yaxshi 50 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz