Узбек O'zbek
Yevrokuboklar ishtirokchilari yozgi transferlarda qancha mablag‘ sarflashgani ma’lum bo‘ldi
Payshanba, 12 Sentabr
1766

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi joriy mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etuvchi klublar yozda transferlarga qancha mablag‘ sarflagani bo‘yicha hisobotni e’lon qildi.

Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida ishtirok etuvchi 80ta jamoa yozgi transferlar mobaynida yangi futbolchilar sotib olish uchun jami bo‘lib 3,98 mlrd yevro sarflagan. Bu esa o‘tgan yil yozidagi xarajatlardan 55 foizga ko‘p.

Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olgan 8 jamoa va Yevropa Ligasiga yo‘llanma olgan 4 jamoaning har biri yangi futbolchilar uchun kamida 50 mln yevro sarflagan. Bunday xarajatlarning 35 foizdan ortiq qismi tarkibni hujumchilar bilan to‘ldirish uchun ishlatilgan.

O‘tgan yozda eng xaridorgir bo‘lgan futbolchilar yoshi 21 yoshdan 24 yoshgacha — bu yosh oralig‘idagi futbolchilar uchun umumiy summaning 47 foizi yo‘naltirilgan.

Mazkur 80 klubdan 34tasi shu yozda o‘z transfer rekordlarini yangilashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz