Узбек O'zbek
«Hech qachon bunday ahvolga tushmagandim». Messi jarohatidan tiklanish jarayoni haqida gapirdi
Payshanba, 12 Sentabr
9333

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi avgust oyi boshida boldir muskullaridan olgan jarohatidan qanday tiklanayotgani bo‘yicha ma’lumot berdi.

«Men o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Jarohat olganim juda yoqimsiz holat bo‘ldi, chunki men ta’tildan qaytib birinchi mashg‘ulotdayoq jarohatlandim. 15 kun davomida tiklanish kurslarini o‘taganimdan keyin o‘zimni yaxshi his qila boshladim. Ammo «Betis» bilan o‘yindan oldingi mashg‘ulot vaqtida jarohatim yana yangilandi, shu tufayli yanada ko‘proq vaqtga safdan chiqdim va hamon maydonga qayta olmayapman. Shifokorlar bu oddiy bo‘lmagan va kutilmagan oqibatlarga olib keladigan murakkab jarohat ekani aytishdi. Men hech qachon bunday holatga tushmagandim, bu qanday bo‘lishini endi bilib oldim. Aynan shu tufayli men hozir faqat barchasi joyida ekaniga amin bo‘lganimdan keyingina maydonga qaytish haqida o‘ylamoqdaman. Men yana jarohatimni yangilab olishni istamayman, chunki u holatda yanada ko‘proq vaqt tiklanish jarayonini o‘tashimga to‘g‘ri keladi.

Men hozircha qachon safga qaytishimni aniq bilmayman. Hozircha men alohida shug‘ullanyapman. Qachon tiklanishim bo‘yicha aniq muddat yo‘q, men testlar topshirishim kerak. «Valensiya»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligim aniq. Ko‘ramiz, «Borussiya» va «Granada»ga qarshi o‘yinlargacha safga qaytarmikinman», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.

Messi yangi mavsumda «Barselona» safida maydonga tushmadi, kataloniyaliklarning yana ikki hujumchisi - Luis Suares va Usmon Dembele ham jarohat tufayli safdan chiqqan, asosiy yetakchisisiz o‘ynayotgan jamoa 3 turda bir g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan holda chempionat turnir jadvalida 4 ochko bilan 8-o‘rinda joylashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz