Узбек O'zbek
Anchelotti «Napoli» o‘yingohidagi kiyinish xonalari holatidan norozi
Payshanba, 12 Sentabr
2327

«Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning uy stadioni – «San-Paolo» qayta ta’mirlanganiga qaramay, ayrim holatlardan norozi. 

«Menda hech qanday gap qolmadi. Kiyinish xonalarining holatini ko‘rdim. Ular xonalarni ta’mirlashlari uchun mavsumning dastlabki ikkita o‘yinini mehmonda o‘tkazishga rozi bo‘ldim. 2 oy ichida uy qurish mumkin, ammo ular hatto kiyinish xonalarini ta’mirlashmadi. «Sampdoriya» va «Liverpul» bilan o‘yinlarda qayerda kiyinamiz?

Men shu ishda ishtirok etayotganlarning malakasiz va noprofessional ekanligidan g‘azabdaman. Qanday qilib hokimiyat majburiyatlarini e’tiborsiz qoldirish mumkin? Men ular jamoani, klubni va shaharni hurmat qilishmayotganini ko‘ryapman», – deb Anchelottining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz