Узбек O'zbek
Ali Daiy: «Ronaldu rekordimni yangilaydi»
Payshanba, 12 Sentabr
9495

Eron milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ali Daiy Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘z rekordini yangilashiga ishonmoqda.

Eronlik futbolchiga milliy jamoa safida urilgan gollar soni bo‘yicha dunyo rekordi tegishli – 109ta. Ronaldu hisobida 93ta gol bor.

«Ha, o‘ylaymanki, Ronaldu rekordimni yangilaydi. U juda zo‘r futbolchi va bu ishni amalga oshirishga qodir. Bu futbol, rekordlar uning bir qismi. Barcha rekordlar qachonlardir yangilanadi. Biz esa buyuk futbolchi haqida gapirmoqdamiz.

Jahon chempionatida u bilan bir necha marta to‘qnash kelganman. Uning kelgusida ham yaxshi o‘yin namoyish qilishi va gollar urishiga tilakdoshman», – dedi Daiy.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz