Узбек O'zbek
«Valensiya» «Barselona»ga qarshi o‘yin arafasida bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
Chorshanba, 11 Sentabr
2682

«Valensiya» rasmiy saytida bosh murabbiy Marselino Toral iste’foga chiqarilgani rasman e’lon qilindi. 

Mutaxassis iste’fosi sababi keltirilmagan, ammo avvalroq OAVda «ko‘rshapalaklar» prezidenti Piter Lim va murabbiy o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tomonlar o‘rtasida muammo kelib chiqishiga esa prezident klubning sportga oid ishlariga aralashishi sabab bo‘lgan. 

«Klub Marselinoga o‘tgan ikki yil mobaynida klubga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz unga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deyiladi klub sayti xabarida. 

Marselino «Valensiya»ga 2017 yilda bosh murabiy bo‘lgandi. O‘tgan vaqt davomida u jamoa bilan ikki marta Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi, o‘tgan mavsumda jamoa bilan Ispaniya Kubogida g‘alaba qozondi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida  «ko‘rshapalaklar» 3 turda 4 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa shu haftada, 15 sentyabr kuni 4-tur doirasida «Barselona»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz