Узбек O'zbek
Santush: «Krishtianu – dunyodagi eng zo‘r futbolchi»
Chorshanba, 11 Sentabr
4223

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Litvaga qarshi o‘yin so‘ng (5:1) Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi sardori Litva darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi.

«Ronaldu – dunyodagi eng zo‘r o‘yinchi, bu – rad etib bo‘lmas isbot.

Biz kuchliroq edik va munosib tarzda g‘olib bo‘ldik. 3 ochko olish juda muhim edi. Oldinda yana 4ta final bor, ularda ham g‘alaba qozonishimiz kerak.

Ishonamanki, bu o‘yinchilar guruhda birinchi o‘rinni egallaydi», – deb Santushning so‘zlarini keltiradi A Bola.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz