Узбек O'zbek
Sancho Kosovoga qarshi o‘yin va milliy jamoadagi ilk goli haqida fikrlarini bildirdi
Chorshanba, 11 Sentabr
976

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jeydon Sancho Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Kosovoga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng (5:3) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ajoyib o‘yin bo‘ldi! Angliya milliy jamoasida birinchi golimni urganimdan xursandman.

O‘yin boshida kutilmagan xato tufayli gol o‘tkazib yubordik, ammo keyin ajoyib kambekni amalga oshirdik.

Shaxsan men uchun bu gollar juda ko‘p narsani anglatadi, ayniqsa, oilam uchun unutilmas kun bo‘ldi. Gollarimni mening muxlisim bo‘lgan buvimning xotirasiga bag‘ishlayman», – deydi Sancho ITV kanaliga bergan intervyusida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz