Узбек O'zbek
Sancho 19 yoshida Angliya milliy jamoasi tarkibida dublga erishdi, undan yaxshi natijani faqat bir o‘yinchi qayd etgan
Chorshanba, 11 Sentabr
5390

«Borussiya» D yarimhimoyachisi Jeydon Sancho Yevro-2020 saralashi doirasidan o‘rin olgan Kosovoga qarshi o‘yinda (5:3) dubl qayd etdi.

Opta Sport'ning xabariga ko‘ra, u bunga 19 yosh 159 kunligida erishdi. Sanchogacha bundan yaxshi natijani Ueyn Runi ko‘rsatgan. U 18 yosh 241 kunligida milliy jamoa tarkibida bir o‘yinda ikkita gol urishga erishgan.

Bundan tashqari, Sancho 2000 yilda tug‘ilganlar orasida Angliya milliy jamoasining asosiy tarkibida o‘ynagan birinchi futbolchiga aylandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz