Узбек O'zbek
Sanches «MYU»ga qaytmoqchi emas
Chorshanba, 11 Sentabr
2837

«Manchester Yunayted» hujumchisi, ayni vaqtda bir mavsum uchun «Inter»ga ijaraga berilgan Aleksis Sanches «qizil iblislar» safiga qaytish niyatida emas. Bu haqda Daily Mail nashri Corriere dello Sport manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi italyanlar klubi mavsum yakunida uning transfer huquqini sotib olishiga umid qilmoqda.

Ammo vaziyat Sanches ixtiyorida emas, klublar o‘rtasidagi kelishuvda mavsum yakunida futbolchini sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.

«Inter» ham chililik futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmasligi mumkin. Ayni vaqtda milanliklar uning maoshining faqat bir qismini to‘lamoqda - haftasiga 100 ming funt (112 ming yevro atrofid), Sanchesga maoshining qolgan qismini esa «Manchester Yunayted» to‘laydi - 300 ming funt (335,6 ming yevro). 

Milanliklar klub mavsum yakunida Aleksisga haftasiga 150 ming funt (168 ming yevro) miqdoridagi maosh taklif qilishi mumkin, ammo forvard bunday shartga ko‘nishi ehtimoli juda kam.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz