Узбек O'zbek
Ronaldu Litvaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Chorshanba, 11 Sentabr
9700

Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Litvaga qarshi bahsdan so‘ng (5:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, hujumchi bu o‘yinda poker qayd etdi.

«Men yaxshi damlarni o‘tkazyapman, jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Men xursandman va bu lahzalardan zavqlanyapman. Bu zavq 4ta gol urganim uchun emas, balki so‘nggi yillarda namoyish etgan darajamiz tufayli. Milliy jamoaga yordam berishda davom etishim kerak.

Serbiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish eng qiyini bo‘ldi. Bugun g‘alabali seriyani davom ettirish muhim edi. Biz Yevropa chempionatiga yaqinlashyapmiz.

Oktyabrda ikkita o‘yin o‘tkazamiz: biri uyda, ikkinchisi mehmonda. O‘ylaymanki, agar shu bahslarning birida g‘alaba qozonsak, Yevroga chiqish uchun yetarli bo‘ladi», – deb Ronalduning so‘zlarini keltiradi A Bola.

Portugaliya milliy jamoasi o‘z guruhida 8 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va 1-o‘rindagi Ukrainadan 5 ochko ortda qolmoqda. Ammo Portugaliya hisobida Ukrainaga qaraganda bitta ko‘p o‘yin bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz