Узбек O'zbek
Ronaldu Ali Daiga tegishli jahon rekordiga yetishi uchun 16ta gol qoldi
Chorshanba, 11 Sentabr
11797

Yevro-2020 saralashida Portugaliya mehmonda Litva ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (5:1).

Ushbu o‘yinda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu pokerga erishdi va milliy jamoasi safidagi gollari sonini 93taga yetkazib oldi.

Endilikda 34 yoshli futbolchi milliy jamoa tarkibidagi gollar soni bo‘yicha jahon rekordiga yetishiga 16ta gol qolmoqda. 

Jahon rekordi Eron milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ali Daiga tegishli bo‘lib, u faoliyati yakuniga qadar o‘z yurti jamoasi safida 109ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz