Узбек O'zbek
Ramos van Deykning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi ehtimoli haqida gapirdi
Chorshanba, 11 Sentabr
9546

«Real» himoyachisi Serxio Ramos «Liverpul»ning niderlandiyalik futbolchisi Virjiyl van Deykning «Oltin to‘p»ga da’vogarligi haqida gapirdi.

«Agar van Deyk «Oltin to‘p»ni yutsa, demak, u bunga loyiq. U – ajoyib himoyachi. 

Himoyachilarga ushbu mukofotni qo‘lga kiritish qiyinroq. Ammo endilikda «Oltin to‘p»ga faqat Ronaldu va Messi da’vogarlik qilmayapti. Boshqalar ham imkoniyatga ega», –deb Ramosning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli van Deyk UEFA tomonidan 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Shuningdek, niderlandiyalik futbolchi Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz