Узбек O'zbek
Ramos APLda o‘ynash istagi haqida gapirdi
Chorshanba, 11 Sentabr
5737

«Real» himoyachisi Serxio Ramos o‘z kuchini Angliya Premer-ligasida sinab ko‘rishni istashi haqida gapirdi. 

«Men Angliya Premer-ligasida to‘p surishni istayman. Men hamisha bu chempionat muxlisi bo‘lganman, bu chempionatni xuddi Primerani kuzatishgani kabi butun dunyoda kuzatishadi. Men ingliz turniri ritmidan, intensivligidan va futbolchilarning o‘yinlaridan hayratlanaman. Ammo men hamisha «Real»da baxtliman va hech qachon ketish haqida o‘ylamaganman», — deya Ramosning so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport. 

Eslatib o‘tamiz, Ramos faoliyatini to‘liq Primerada o‘tkazmoqda. U o‘z professional faoliyatini «Sevilya»da boshlagan, 2005 yilda esa Madridning «Real» klubiga kelib qo‘shilgan. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz