Узбек O'zbek
«MYU» Pogbani «Real» yarimhimoyachisiga almashtirishga tayyor 
Chorshanba, 11 Sentabr
11376

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachi Pol Pogbani «Real»ga qo‘yib yuborishga tayyor, deb yozadi El Chiringuito.

Manbaning xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» Pogbani Toni Kroosga almashtirishni istashyapti. Shu bilan birga qo‘shimcha pul ham olishmoqchi. Ayni paytda «qirollik klubi» «MYU»ning 26 yoshli o‘yinchisi bilan aloqalarni davom ettirmoqda va uni qishki transferlar oynasi vaqtida sotib olishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» yozda ham Pogbani sotib olishga uringandi, ammo tomonlar transfer narxi masalasida kelisha olishmagandi.

Pogba «Manchester Yunayted»ga 2016 yil yozida «Yuventus»dan 105 mln yevroga sotib olingan. Ushbu mavsumda fransuz futbolchisi 4ta o‘yinda qatnashib, 2ta golga assistentlik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz