Узбек O'zbek
De Xea «MYU»da qoladi. U Pogbani klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi maqomidan mahrum qilishi mumkin
Chorshanba, 11 Sentabr
1648

«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi.

The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, yangi shartnomaga ko‘ra ispaniyalik darvozabonning yillik maoshi miqdori 17 mln yevroni tashkil etadi. Bu orqali u mankunianliklar shartnomasida eng ko‘p maosh oluvchi bo‘lib kelgan Pol Pogba bilan tenglashadi. Shu tariqa, «Manchester Yunayted» 2020 yil yozida klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo‘lgan darvozabonini qolishga ko‘ndirishga erishgan.

Bundan avvalroq David de Xea 2020 yil yozida Turinning «Yuventus» klubiga yo‘l olishi haqida xabarlar tarqalgandi.

De Xea 2011 yilda Madridning «Atletiko» klubidan 25 mln yevro evaziga inglizlar klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda 28 yoshli darvozabon Angliya chempionatida to‘rtta o‘yinda darvozani qo‘riqladi va jami to‘rtta gol o‘tkazdi, shu bilan birgalikda bir o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz