Узбек O'zbek
«Chelsi» Afrika Kubogi g‘olibi uchun 40 mln yevro to‘lashga tayyor
Chorshanba, 11 Sentabr
3120

«Chelsi» Jazoir milliy jamoasi va «Nitssa»ning o‘ng qanot himoyachisi Yusuf Atalga qiziqmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi 23 yoshli futbolchini yanvar oyida sotib olmoqchi, himoyachi uchun 40 mln yevro to‘lashga tayyor. Biroq «Chelsi» futbolchini sotib olishi uchun transferlar taqiqini bekor qilishga erishishi kerak, bu taqiq 2020 yil yozigacha amal qiladi.

«Nitssa» jazoirlik futbolchini 2018 yil yozida 3 mln yevroga sotib olgan. Atal o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida 29ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz