Узбек O'zbek
Bekhem Messini o‘z jamoasiga taklif etmoqchi
Chorshanba, 11 Sentabr
4500

Amerikaning «Inter Mayami» klubi xo‘jayini Devid Bekhem «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma imzolashni istaydi.

Radio Catalunya nashri xabariga ko‘ra, Bekhem Messining menejerlari bilan bog‘langan va uning kataloniyaliklar klubi bilan shartnomasi muddati yakunlangach, «Inter Mayami»ga o‘tishi ehtimoli qay darajadaligi bilan qiziqqan.

Shu bilan birgalikda, Bekhem Messi uchun ayni vaqtda Lionelga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi bo‘layotgan «Barselona» bilan raqobatlashishga ham tayyor. Messining o‘zi bir necha marta Yevropada «Barselona»dan boshqa jamoada to‘p surmasligi haqida gapirgan. U  «Barselona»da shu vaqtga qadar 687 o‘yinda maydonga tushib, 603 gol urgan.

2018 yil yanvarida, «Inter Mayami» MLS chempionati ishtirokchilari qatoriga qo‘shilganida, Messi Bekhemga videotabrik yo‘llagan, tabrik yakunida u amerikaliklar klubi uni qiziqtirishiga ishora qilgandi: «Kim biladi, balki, bir necha yil o‘tib siz menga qo‘ng‘iroq qilarsiz».

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz