Узбек O'zbek
«Barselona»ga «Napoli» futbolchisi kerak
Chorshanba, 11 Sentabr
4396

«Napoli» yarimhimoyachisi Fabian Ruis faoliyatni «Barselona»da davom ettirishi mumkin.

Mundo Deportivo'ning yozishicha, Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchini 2020 yil yozida tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Yarimhimoyachining narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

«Barselona» Ruis «Betis»da o‘ynayotgan paytida ham uni 30 million yevroga sotib olmoqchi bo‘lgan.

Fabian «Napoli»ga 2018 yil yozida «Betis»dan 30 mln yevroga o‘tgan. U o‘tgan mavsumda A Cyeriyada 27ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq Fabian yozgi transferlar oynasi vaqtida 45 mln yevro evaziga «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz