Узбек O'zbek
Varan «Real»ga o‘tgan hamyurti Areolya haqida fikr bildirdi
Seshanba, 10 Sentabr
2371

«Real» himoyachisi Rafael Varan hamyurti Alfons Areolyaning Madrid klubiga o‘tgani haqida fikr bildirdi.

«Alfons bilan biroz suhbatlashdik. U «Real»ga o‘tganidan xursand. Uni juda iliq kutib olishadi.

U mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazishiga umid qilaman. Areolya bunga tayyor. U o‘ziga ishonadi va biz ham unga yordam beramiz», – deb Varanning so‘zlarini keltiradi Goal.

Eslatib o‘tamiz, «Real»ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua hisoblanadi. Zaxira darvozaboni Keylor Navas «PSJ»ga sotib yuborildi. Uning o‘rniga Parij klubidan Areolya ijaraga olindi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz