Узбек O'zbek
Tripper: «Simeone bilan ishlash himoyadagi o‘yinimni ancha yaxshilaydi»
Seshanba, 10 Sentabr
851

Yozda «Tottenhem»dan «Atletiko»ga o‘tgan himoyachi Kiran Tripper bosh murabbiy Diyego Simeone bilan ishlash haqida fikr bildirdi.

«Simeone bilan ishlash himoyadagi o‘yinimni ancha yaxshiladi, deb o‘ylayman. Klubdagi 2 oy ichida men ko‘p narsalar haqida bilib oldim. U bilan ishlash aqlbovar qilmaydi. U men birga ishlagan murabbiylarga o‘xshamaydi. O‘ylashimcha, Simeone meni yanada kuchaytira oladi.

Madrid menga juda yoqdi. Barcha futbolchilar va xodimlar do‘stona munosabatda bo‘lishdi.  Men ispan tilidan dars olyapman, o‘zim va oilam uchun, osonroq yashash uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilyapman», – deb Tripperning so‘zlarini keltiradi Marca.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz