Узбек O'zbek
«PSJ» Neymarni qishda sotmoqchi
Seshanba, 10 Sentabr
6718

Yozda klubini o‘zgartira olmagan «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar yanvarda Parijdan ketishi mumkin.

Sport.es nashri Tuttosport manbasiga asoslanib xabar berishicha, parijliklar klubi sport direktori Leonardo 27 yoshli futbolchini qishki transferlar vaqtida transfer qilishga umid qilmoqda. Ushbu funksioner Neymarga yaqin bo‘lgan shaxslar tomonidan klubga o‘tkazilayotgan bosimdan charchagan.

Manba so‘zlariga ko‘r, braziliyalik forvard uchun asosiy da’vogarlar o‘zgarmagan – «Barselona» va «Real». Bundan avvalroq «Yuventus» ham ushbu futbolchini tarkibda ko‘rishni istashi haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘tgan mavsumda Neymar klubining barcha turnirlar doirasidagi 28 o‘yinida ishtirok etgan va 23 gol urib, 13 golga uzatma bergan. Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz