Узбек O'zbek
OAV: Messi Amerikaga ketishni rejalashtirmoqda
Seshanba, 10 Sentabr
9805

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi MLS chempionatida to‘p surish ehtimollarini ko‘rib chiqmoda.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi katalonlar klubi bilan 2021 yilga qadar tuzilgan shartnomasi yakuniga yetganidan keyin shunday qaror qabul qilishni rejalashtirgan.

Bundan avvalroq, Messi klub bilan shartnomasida belgilangan punkttga ko‘ra istalgan mavsum yakunida shartnomani bir tomonlama buzib, «Barselona»ni tark etish huquqiga egaligi haqida xabar berilgandi.

Messi «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katalonlar klubi bilan u o‘n marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, shuningdek 4 marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

29 avgust kuni Messi Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Argentinalik futbolchi turnirning o‘tgan mavsumida 12 gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz