Узбек O'zbek
Lukaku Shotlandiyaga qarshi sermahsul natija qayd etmoqda
Seshanba, 10 Sentabr
2306

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Yevro-2020 saralashi doirasida guruh bosqichining 6-turida Shotlandiyaga qarshi o‘yinda gol urdi. «Inter» forvardi 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinning 9-daqiqasida hisobni ochuvchi golni urdi.

Lukaku shotlandlarga qarshi o‘yinlarda juda sermahsul harakat qilmoqda. U bu jamoaga qarshi uchinchi marta maydonga tushib, bu raqib darvozasiga jami 4ta gol urdi. Shu bilan birgalikda, unga buning uchun darvoza tomon 5 marta aniq zarba yo‘llash yetarli bo‘ldi.

Lukaku Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini 49 gol bilan boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda 30tadan gol bilan Bernar Forxof, Paul van Ximst va Eden Azar joylashgan.

Belgiya Yevro-2020 saralashini yo‘qotishsiz davom ettirmoqda, Roberto Martines shogirdlari 6 o‘yinda 18 ochko (to‘plar nisbati 19:1) jamg‘arib, I guruhida yetakchilik qilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz