Узбек O'zbek
«Zenit» qamoqdan ozod qilingan Kokorin bilan hamkorlikni tiklaydi
Dushanba, 09 Sentabr
3312

«Zenit» klubi hujumchi Aleksandr Kokoringa yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

«Federalnoye agentstvo novostey» xabariga ko‘ra, gap 2019/20 mavsumi oxirigacha mo‘ljallangan qisqa muddatli mehnat bitimi haqida ketyapti. Ammo unda hamkorlikni 2 yilga uzaytirish haqidagi band ham ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Shuningdek, futbolchining maoshi avvalgi bitimga qaraganda ancha past miqdorda belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kokorin 2018 yil oktyabr oyida Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etgani uchun bezorilik jinoyatini sodir qilganlikda aybdor deb topilgan va 1,5 yil muddatga qamalgan edi. 

2019 yil 6 sentyabr kuni sud uni namunali xulqi uchun muddatidan oldin qamoqdan ozod qilish haqida hukm chiqardi. Futbolchining 17 sentyabr kuni ozodlikka chiqishi kutilmoqda. 

Kokorin 2016 yildan beri «Zenit» klubi sharafini himoya qilyapti va 92ta o‘yinda 34ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz