Узбек O'zbek
O‘zbekiston milliy jamoasi Iroq bilan durang o‘ynadi
Dushanba, 09 Sentabr
16592

O‘zbekiston milliy jamoasi Iordaniyaning Amman shahrida Iroq milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Bellashuvda har ikkala jamoa ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lsa-da, darvozalar ishg‘ol etilmadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi jamoasi navbatdagi o‘yinni 10 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazadi. Ektor Kuper shogirdlari JCH-2022 saralashi doirasida Yaman milliy jamoasi bilan bellashadi. 

O‘rtoqlik o‘yini
9 sentyabr, Amman, Iordaniya
O‘zbekiston – Iroq 0:0
O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yegor Krimets (Doston Tursunov 73), Davron Xoshimov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Sanjar Shoahmedov (Oston O‘runov 64), Jaloliddin Masharipov (Doston Ibragimov 75), Quvondiq Ro‘ziyev (Dostonbek Hamdamov 62), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev 57)
Ogohlantirish: Davron Xoshimov (50)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz