Узбек O'zbek
O‘zbekiston – Iroq: Kuper Falastinga qarshi o‘ynagan 4 futbolchini zaxirada qoldirdi
Dushanba, 09 Sentabr
5938

O‘zbekiston milliy jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida Iroq milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Bosh murabbiyi Ektor Kuper bu bahs uchun mo‘ljallangan asosiy tarkibni e’lon qildi.

Qayd qilish joizki, 4 kun oldin JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Falastinga (0:2) qarshi o‘yinda maydonga tushgan futbolchilardan 4 nafari  zaxirada qoldirildi.

Ular: darvozabon Eldor Suyunov, himoyachi Anzur Ismailov, yarimhimoyachilar Odil Ahmedov va Ikrom Alibayev. Ularning o‘rniga Sanjar Quvvatov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Aziz G‘aniyev va Sanjar Shoahmedov kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Iroq o‘yini soat 21:00da boshlanadi. U hech qaysi kanal orqali jonli efirda ham, yozib olingan holda ham namoyish etilmaydi.
  
O‘rtoqlik o‘yini
9 sentyabr, Amman, Iordaniya
O‘zbekiston – Iroq
O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yegor Krimets, Davron Xoshimov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Sanjar Shoahmedov, Jaloliddin Masharipov, Quvondiq Ro‘ziyev, Eldor Shomurodov

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz