Узбек O'zbek
«MYU» Oblakni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
Dushanba, 09 Sentabr
2082

«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak faoliyatini «Manchester Yunayted»da davon ettirishi mumkin, deb yozadi Mundo Deportivo.

Manbaning xabariga ko‘ra, agar «qizil iblislar» David De Xea bilan shartnomani uzaytira olishmasa, «matraschilar»ning 26 yoshli darvozabonini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, De Xea 2011 yil yozida «Atletiko»dan 25 mln yevro evaziga sotib olingan. U «MYU» tarkibida jami 366ta o‘yinda qatnashib, o‘z darvozasidan 377ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi muddati keyingi yil yozida yakuniga yetadi.

Oblakning transfer bozoridagi narxi 100 mln yevroni tashkil etadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz