Узбек O'zbek
Maradona: «Messiga jarima zarbasi tepishni o‘zim o‘rgatganman»
Dushanba, 09 Sentabr
3893

Argentina milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan ishlagan davrlarini esladi.

«2010 yilgi jahon chempionatida Messi bilan birga ishladik. Bu eng yaxshi Messi edi.

Men unga jarima zarbasi tepishni o‘rgatmaganman. Ammo bir kuni jarimalardan qanday gol urganimni so‘rab qoldi. Unga to‘pning markaziga tepish lozimligini aytdim. U esa xuddi shunday qilayotganini, ammo to‘p boshqa tomonlarga uchib ketayotganini aytdi. Shunda xavotir olmaslikni, bu ish qo‘lidan kelishini uqtirdim. Hozir u jarima zarbalaridan umuman xato qilmayapti», - dedi Maradona.

Eslatib o‘tamiz, Maradaona qo‘l ostidagi Argentina milliy jamoasi JCH-2010da chorakfinalgacha yetib borgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz